Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tramp Livanda yuz bergan portlashni dahshatli hujum deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Livanda yuz bergan portlashni “hujum” deb atadi. Biroq portlashning asosiy sababi terrorchilik hujumi emas, Bayrut bandargohidagi portlovchi moddalarni tasodifiy portlashi deb taxmin qilinmoqda.

“Bu uyushtirilgan dahshatli hujumga o‘xshayapti”, - dedi Tramp matbuot anjumanida.

- Bayrutdagi katta portlash oqibatida ko‘plab odamlar halok bo‘ldi, yuzlab odamlar og‘ir jarohatlandi. Biz qurbonlar haqqiga duo qilmoqdamiz. AQSh Livanga yordam berishga tayyor, - qo‘shimcha qildi Tramp.

AQSh yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, u Amerikaning bir qator yetakchi generallari bilan uchrashgan va ular ham Livandagi portlashni terrorchilik hujumi deb hisoblashayotganini ma’lum qilishgan.

So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, ayni vaqtgacha portlash oqibatida 4000 nafar odam jarohatlangani va 100 dan ortiq odam halok bo‘lgani aytilmoqda.