Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tramp va Bayden o‘rtasida dastlabki debat qo‘pol “siylov” bilan o‘tdi

AQSh prezidenti, respublikachi Donald Tramp va uning saylovlardagi raqibi, demokratchi Jo Bayden Ogayo shtati Klivlend shahrida bo‘lib o‘tgan bahsda to‘qnash keldi. Bahs murosasiz muhitda bo‘lib o‘tdi. Nomzodlar doimiy ravishda tortishib turdi va ilgari kuzatilmagan qo‘pol iboralarni ishlatdi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.

“Hoy yigit, ovozingni o‘chir”, “Seni yolg‘onchi ekaningni hamma biladi”, “Akkilashda davom etaver”, kabi so‘zlar bilan Bayden o‘z raqibini siyladi. Shuningdek, u Trampni “masxaraboz”, “Putinning laychasi” va “irqchi” deb atadi. Bunga javoban Tramp ham bo‘sh kelmadi, u Baydenda “hech qanday aql yo‘q”ligini va u har doim “ikkinchi raqam ostida” bo‘lishini ta’kidladi.

Nomzodlar bir-birini yolg‘onchilikda aybladi. Boshlovchi Kris Uolles muntazam ulardan savollarga jovab berishlarini so‘radi.

Amaldagi prezident raqibini 180 million aholini shaxsiy sug‘urtadan mahrum qilish istagi borligida aybladi. Bunga javoban Bayden Trampni koronavirus oldida tahlikaga tushib qolganlikda aybladi va Oq uy rahbarining hozirgacha COVID-19 bilan kurash olib borishda rejasi yo‘qligini ta’kidladi.

Demokratlar nomzodi yetti million ish o‘rni yaratishga va iqtisodiy o‘sishni yana trillion dollarga ko‘tarishni va’da berdi. Tramp uning prezidentlik davrida iqtisodiyot “tarixdagi eng buyuk” darajada bo‘lganini, biroq “Xitoy vabosi” – koronavirus unga ziyon yetkazganini ta’kidladi.

Tramp va Bayden o‘rtasida yana ikki marta debatlar o‘tkaziladi. AQSh prezidentligi uchun saylovlar 3 noyabr sanasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.