Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Trasker» avtomashinasini olib qochgan ayollarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida 19 sentyabr, shanba kuni «Tracker» avtomashinasini olib qochgan ayollarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, M.V. va D.T. kelishib, Alisher Navoiy mavzesi 62-sonli ko‘p qavatli uy oldidan fuqaro M.A.ga tegishli «Tracker» avtomashinasini olib qochib, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tadbirlar davomida Qo‘qon shahar Alisher Navoiy mavzesi, 90-ko‘p qavatli uylar yonida avtomashina soz holda topilgan, davlat raqamlari esa avtomashina yukxonasida bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.V.ga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.