Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘om ko‘chalariga 600 dan ortiq temir ustun va 1300 dan ziyod zamonaviy tungi yoritgichlar o‘rnatildi

Samarqand va Juma shaharlarini bog‘lovchi 22 kilometrlik yo‘lni tunda yoritish uchun 600 dan ortiq temir ustun va 1300 dan ziyod zamonaviy tungi yoritgich chiroqlari o‘rnatildi.

Tumanda asosiy yo‘ldan tashqari, ayrim ichki yo‘llar, mahallalarda ham tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Jumladan, Juma shahrining Samarqand, Amir Temur, Hamid Olimjon, Bozor Islomov, Sulton O‘rdashov ko‘chalari to‘liq tungi zamonaviy yoritgich chiroqlari bilan ta’minlandi. Shuningdek, “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan Go‘zalkent qo‘rg‘oni, Eski Juma, Beklar mahallalari ko‘chalari ham tunda shunday yoritilmoqda.

Bulardan tashqari, temir ustunlarga bezakli chiroqlari ham o‘rnatilib, ko‘chalarga ko‘rk berilmoqda.

Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmati.