Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Turkiya Avliyo Sofiya ibodatxonasini masjidga aylantirish qarorini qabul qildi

Turkiya Davlat kengashi bir ovozdan Avliyo Sofiya ibodatxonasini masjidga aylantirish qarorini qabul qildi. Bu haqda Lenta.ru nashri turkiyalik jurnalist Ragip Soylu taqdim etgan ma’lumotga tayanib xabar berdi.

Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, qabul qilingan qaror haqida 10 iyul kuni rasman e’lon qilinadi. Jurnalistning aniqlik kiritishicha, Turkiya muxolifati ham mazkur qarorga qarshi chiqish niyatida emas.

5 iyun kuni Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Avliyo Sofiya ibodatxonasini rasman masjid maqomi berilishiga tayyorlash ko‘rsatmasini bergan edi. 2 iyul kuni Turkiya Oliy sudi, Istanbuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi maqomi mamlakat prezidenti buyrug‘iga binoan o‘zgartirilishi mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Sofiya ibodatxonasi VI asrda imperator Yustinian topshirig‘iga binoan barpo etilgan. Turklar Konstantinopolni (Istanbul) qo‘lga kiritganlaridan so‘ng u masjidga aylantirilgan. Turkiya Prezidenti Otaturk 1935 yilda inshootga muzey maqomini bergan.