Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Turkiya sharqida razvedkachi samolyot halokatga uchradi

Turkiya sharqida razvedkachi samolyotning halokatga uchrashi oqibatida 7 nafar Turkiya xavfsizlik xizmati xodimi va uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri Suleyman Soylu ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyot kuzatish va ko‘zdan kechirish vazifasini amalga oshirayotgan vaqtda halokatga uchragan. Halokat mahalliy vaqt bilan soat 03:00 da Artos tog‘ida sodir bo‘lgan. Havo kemasi 2 kilometr tepalikdagi tog‘ jismiga urilgan va Van provinsiyasi yonida qulab tushgan.

Samolyot 13 iyuldan e’tiboran Van va Xakkari provinsiyalari hududida razvedka operatsiyalarini amalga oshirib kelgan. Halokat sabablari o‘rganilmoqda.