Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Turkiyada virus tashuvchi xavfli chivinlar paydo bo‘ldi

Turkiyada mutaxassislar “Osiyo yo‘lbarsi” chivinining tez tarqalishini qayd etishdi, deb yozmoqda HabberTurk nashri.

Xavfli hasharotlar Istanbulning katta tumanlarida tarqalmoqda. Ta’kidlanishicha, ular mamlakat hududida ilgari bo‘lmagan.

"Bu chivinlar odamga ochiq havoda hujum qiladi, sariq isitma va Zika virusi kabi kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin", deydi Istanbul universiteti dotsenti Kerem Etera.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu chivinning chaqishi allergik reaksiyani kuchaytirib, uzoq vaqt qichishish va qizarishni keltirib chiqaradi.