Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Turkmaniston hududidan tranzit tarzida o‘tuvchi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha yangi tartiblar joriy qilinmoqda

Ushbu tartiblar tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun muhim sanaladi. Chunki 2019 yilning 1 sentyabridan boshlab, Turkmaniston hududidan tranzit tarzida o‘tuvchi tovarlar haqida quyidagi ma’lumotlar taqdim etilmaganda, ushbu mamlakat bojxona xizmati tomonidan tovarlar tranziti uchun rusxatnomalar berilmaydi:

-  yuklarni yuboruvchi va qabul qiluvchining nomi va joylashgan manzili;

-  tovarlarni yuboruvchi va qabul qiluvchi mamlakat nomi;

-  tovarlar tashuvchining yoki ekspeditorning (ruxsatnomani ekspeditor olganda) nomi va joylashgan manzili;

-  transport vositasi va uning haydovchisi;

-  tovarlarning shakli, nomlanishi, miqdori va qiymati;

-  tovarlarning vazni va hajmi;

-  tovarlarni kodlash va nomlashning uyg‘unlashtirilgan tizimi bo‘yicha tasniflangan kodi (TIF TN);

-  yuk o‘rinlarining umumiy soni;

-  tovarlar yo‘llangan manzil;

-  yo‘ldagi yuk operatsiyalari (tushirish, ortish, qayta yuklash va hokazo);

-  tovarlarni tashish muddati va harakatlanish yo‘nalishi.

Samarqand viloyat bojxona

boshqarmasi axborot xizmati.