Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tuxum qachon «tug‘ilgan?» Iste’molchilar buni bilishadimi?

Tovuq tuqqan paytda-da, deyishingiz tabiiy. To‘g‘ri, ammo tuxum xarid qiluvchilar uning yaroqlilik muddatini bilishi shart.

Samarqand tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimi Sh.Hayitovning aytishicha, “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 5-6-moddalarida har qanday mahsulot yorlig‘ida uning ishlab chiqarilgan sanasi, navi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi zarur. Yorlig‘ida ana shu ma’lumotlar ko‘rsatilmagan mahsulotni sotish mumkin emas.

Demak, siz xarid qilayotganda sotuvchidan “Tovug‘ingiz bu tuxumni qachon tuqqan?” deb so‘rashga haqlisiz.