Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Uch tashkilot o‘rtasidagi muammoga kim yechim topadi?

Samarqand shahri Narpay ko‘chasida maishiy chiqindilar to‘planib qolganligi bo‘yicha yo‘llangan murojaat yuzasidan Samarqand shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi davlat inspektorlari va “Maroqand” DUK hodimlari tomonidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganishlarda aniqlanishicha, “Damariq dehqon bozori” hududida bozor ma’muriyatining e’tiborsizligi tufayli bozorga keluvchi sotuvchilar tomonidan belgilanmagan joyga chiqindi tashlangan. Buning ustiga shu yerdan o‘tgan yerosti quvurining yorilishi oqibatida ichimlik suvi isrof bo‘lmoqda. Afsuski, tegishli idora xodimlari bu masalani joyida o‘rgansa-da, muammoga yechim topmasdan, chiqindi va isrof bo‘layotgan suvi masalasini o‘z holiga tashlab qo‘ygan. Muammo uch tashkilot o‘rtasida “taroziga solingan”.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 oktyabrdagi “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi qaroriga asosan Samarqand shahar “Maroqand” DUK tomonidan, bozor ma’muriyati bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, hududga maxsus chiqindi urnalari o‘rnatilgan. Ushbu urnalardagi chiqindilar vaqtida olib ketilmoqda.

Lekin bozorning tashqi va ichki qismini tozalash bozor ishchilari tomonidan amalga oshirilishi lozim.

Samarqand viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.