Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ukraina prezidenti Qora dengizda ikkita harbiy baza qurilishi haqida e’lon qildi

Ukraina Qora dengizda ikkita harbiy dengiz bazasini qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy har yili Yuqori radaga qilinadigan murojatida ma’lum qildi.

“Biz Qora dengiz mintaqasini himoya qilish uchun ikkita Ukraina davlat dengiz harbiy bazasini qurishni boshlaymiz”, dedi u.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Ukraina hududlarini berib yuborishga yo‘l quymaydigan armiya tashkillashtirmoqda. Qrimni “jangsiz” berib yuborganlar esa javobgarlikka tortilishi shart.

“Biz Ukrainani quruqlikda, suvda, havoda va kiber-makonda himoya qila oladigan ukrain armiyasini barpo etmoqdamiz. Toki, bizning suverenitetimiz va hududiy yaxlitligimizga tajovuz qilish ortiq hech kimning xayoliga ham kelmasin. Toki, hech kim Ukraina hududlarini bir dona ham o‘q otmasdan tortib olsa bo‘ladi, degan xayolga bormasin”, dedi prezident.

Shu bilan birga, uning asosiy ustuvor vazifalari “Donbassda tinchlik o‘rnatish va Qrimni qaytarish” ekanligini alohida ta’kidladi.