Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Umid nihollari-2019” sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Samarqand shahrida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Umid nihollari-2019” sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Unda sportning stol tennisi, basketbol, stritbol, voleybol, gandbol, futbol, kurash,  shaxmat, badminton, badiiy va sport gimnastikasi uzoq va yaqin masofaga yugurish, balandlikka va uzunlikka sakrash bo‘yicha yigit-qizlar o‘zaro estafetalarda bellashdi.

Yakunda Samarqand shahri eng ko‘p medal jamg‘arib, 219 ochko bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Urgut tumani jamoalari 183 ochko bilan ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan bo‘lsa, 174 ochko to‘plagan Tayloq tumani o‘quvchilari uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.