Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Umurtqalararo disk churrasi: Kasallik xuruj qilganda nima qilish kerak?

Shohaydar ShOTURSUNOV, tibbiyot fanlari doktori, professor:

— Churra xurujida ko‘ngil aynishi, qayt qilish, churra joylashgan soha atrofi qo‘l bilan paypaslanganida qorinda to‘lg‘oqsimon og‘riq kuzatiladi. Churra kattalashib, tarang bo‘lib qoladi. Bu holatlarda og‘riq qoldiruvchi dorilar qabul qilish taqiqlanadi.

Churra tashxisi qo‘yilgach, o‘zbilarmonlik bilan davolash aslo mumkin emas. Eng to‘g‘ri tanlov — shifokor ko‘rigidan o‘tish hamda buyurilgan davo muolajalarini bajarish. Kimlardir umurtqa pog‘onasini bosish, uqalash va shunga o‘xshash amaliyotlar bilan davolashni taklif etadi. Bu kabi choralar shikastlangan umurtqani yanada qiynab qo‘yishi, kasallik zo‘rayishiga olib kelishi mumkin. 

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lumot berdi.