Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Uran osmondagi yagona moviy rangli sayyora – Unda bir sutka Yerning bir yiliga teng

Ko‘pincha astronom-olimlar Yerni moviy sayyora deb atashadi. Ammo ular birozgina oshirib yuborishadi. Agar kosmosdan turib qaralsa, Yerning turli ranglarga burkangan qit’alardan iborat ekanini ko‘rish mumkin. Lekin Quyosh tizimidagi sayyoralar orasida so‘zsiz moviy rangdagi sayyora bor. Bu Quyosh tizimidagi yettinchi sayyora - Urandir. Xo‘sh, biz u haqida nimalarni bilamiz?

1. Uran – aylanasi 51 ming kilometrdan ziyodroq bo‘lgan yirik planeta.
2. Uning ichiga bemalol 63 ta Yerni joylashtirsa bo‘ladi.
3. Uran 1781 yilda nemis millatiga mansub angliyalik taniqli astronom Uilyam Gershel tomonidan teleskop yordamida topilgan birinchi sayyora sanaladi.
4. Moviy sayyora tubi muzliklardan iborat bo‘lsa-da, xuddi Saturndagidek umuman metall vodorodi yo‘q.

5. Uran Quyosh sistemasining sayyoralari orasida o‘ta sovuq ob-havosi bilan ham ajralib turadi. Bu yerda eng past harorat Selsiy bo‘yicha 224 darajaga tengdir.
6. Sayyorada shamolning tezligi soatiga 900 kilometrga yetadi.
7. Uran ekvatorining yassiligi orbitaning tekisligiga nisbatan 98 daraja burchakda ya’ni, u yonboshlab olgan holda aylanadi. Bu uning qo‘shnilaridan ajralib turadigan yana bir jihatidir. Shuning uchun ham sayyorada bir sutka Yerning bir yiliga teng bo‘ladi.
8. Sayyoraning qoq belidan o‘tgan aylana Saturnning halqalariga qaraganda kamroq ko‘rinadi.
9. Uranni 27 ta tabiiy yo‘ldoshlari o‘rab turadi.
10. NASA 2034 yilga borib Uran sayyorasiga ekspeditsiya jo‘natish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Dilmurod TO‘XTAYEV tarjimasi, Rambler.