Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgut tuman hokimi Mamatjon TURDIYEV: “Muammosini hal qilib berdik, ammo...”

Keyingi paytlarda aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, fuqarolar muammolarini o‘rganish va ularga yechim topish rahbarlarning asosiy vazifalaridan biriga aylandi. Natijada, odamlarni qiynab kelayotgan muammolar qisqa fursatda ijobiy hal etilmoqda. Biroq, guruch ko‘rmaksiz bo‘lmaydi, deganlaridek, ayrim murojaatchilarning istak-xohishining chegarasi yo‘q.

-Yaqinda Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida bo‘lib o‘tgan “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvida bizga tumanimiz aholisidan 73 ta murojaat tushdi. Ularning 40 tasiga ko‘rsatuv davomida javob berdik, - deydi Urgut tuman hokimi M.Turdiyev. - Biroq, ayrim fuqarolarning murojaat qilishda haddan oshayotgani ham kuzatilmoqda. Masalan, bir kishi bizga nogironlik aravachasi so‘rab murojaat qildi. Uning talabiga ko‘ra, nogironlik aravachasi berdik. Ammo, murojaatchi aravachani boshqa birovga berib yuborib, bizdan qimmat narxdagi yengil motorli nogironlik aravachasi olib berishimizni talab qildi. Ana shunday vaziyatlarda bunday odamlarga nima deyishni bilmay qolasan kishi. Biz qo‘ldan kelgancha muammolarni yechishga, odamlarning og‘irini yengil qilishga harakat qilmoqdamiz, ammo ba’zilar murojaat qilish madaniyatini bilsa yaxshi bo‘lardi.