Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgut tumanida tashabbuskor homiylar tomonidan 18 ta maktabga suv tarmog‘i tortildi

Urgut tumanidagi ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolari mavjud bo‘lgan 26 ta umumta’lim maktablari o‘rganib chiqildi.

Tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablaridagi ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolarni hal etish uchun byudjet mablag‘lari hisobidan bosqichma-bosqich 650 million so‘m ajratilishi belgilangan edi.

Yuqorida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tuman hokimligi, faollar va homiylar tomonidan joriy yilning 30 avgust holatiga 20 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar bartaraf qilinib, byudjetdan ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘ tejab qolindi. Sababi, tashabbuskor homiylar tomonidan 18 ta maktabga suv tarmog‘i tortildi, 2 ta maktabda esa artezian qudug‘i yangidan qazildi.

Kolgan 6 ta maktabni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Qisqa muddatda ushbu muammo ham bartaraf etiladi, deb xabar bermoqda Urgut tumani hokimligi axborot xizmati.