Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutda “Asal sayli” bo‘lib o‘tdi

Urgutning barcha hududlarida asalarichilikni rivojlantirish uchun qulay iqlim sharoiti mavjud. Bundan unumli foydalangan tumandoshlarimiz mazkur sohani rivojlantirish hamda iqtisodiyotning serdaromad va istiqbolli tarmog‘iga aylantirish borasida diqqatga sazovor ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Bu sohaning o‘ziga xos sir-asrorlari mavjud bo‘lib, mashaqqatli mehnat talab etadi. Toza va sifatli asal olish uchun bahor fasli juda qulay. Asalarilar ham toza, ozoda joyni xohlaydi.

Bir quti asalari uyasidan 25 kilogrammgacha asal olish mumkin. Bu ne’mat shifobaxshligi bois kattayu kichik sevib iste’mol qiladi.

Shahrimizdagi Mustaqillik maydonida "Asal sayli" bo‘lib o‘tdi. Unda tumanimiz asalarichilari o‘zlari yetishtirgan mahsulotlarni namoyish etdilar.

Baxtiyor Yarbabayev.