Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutdagi qo‘lbola simyog‘ochlar qachon almashtirilishi ma’lum qilindi

Urgut tumanidagi Jo‘raptepa mahallasida yashovchi aholi xonadonlari tomonidan Zarnews.uz ijtimoiy tarmog‘iga qo‘lbola tortilgan elektr simyog‘ochlarini almashtirib berishni so‘rab qilgan murojaati yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Murojaatda ko‘rsatib o‘tilgan aholi xonadonlari yangidan uy-joy qurib, ko‘chib chiqqanligi va uy-joylariga qo‘lbola yasalgan simyog‘ochlar yordamida elektr tortib borilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur mahallada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi PQ-2661-sonli "Elektr tarmoqlari va transformator punktlarini modernizatsiya-rekonstruksiya qilish va yangilash to‘g‘risida"gi qaroriga asosan, "FARRUX" (fider) tarmog‘idan TP-U-134 transformatoriga qo‘shimcha KTPM-100/10 kVA o‘rnatish hamda 1,5 km. uzunlikda 0,4 kVAli tarmoq, 0,05 km. uzunlikdagi 10 kVAli tarmoq tortish rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur ishlar joriy yilning 3-choragida amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

"Sam HETK"  AJ matbuot xizmati.