Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urush qatnashchilariga qayerda, qancha mukofot puli to‘lanayapti?

Ma’lumki, MDH davlatlarida har yili 9 may arafasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga bir martalik pul mukofoti to‘lanadi.

Bu yil O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 7.500.000 so‘mdan bir martalik mukofot puli to‘landi.

Xo‘sh, boshqa mamlakatlarda ularga qancha mukofot puli berishyapti?

Ma’lum bo‘lishicha, MDH mamlakatlari orasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga eng katta mukofot pulini qo‘shnimiz Qozog‘iston to‘layapti.

Eng kam mukofot pulini esa yana bir qo‘shnimiz Turkmaniston to‘lamoqda.

  1. Qozog‘iston 1366 dollar.
  2. O‘zbekiston 888 dollar (7.5 million so‘m).
  3. Belarus 705 dollar.
  4. Ozarbayjon 587 dollar.
  5. Moldova 558 dollar.
  6. Qirg‘iziston 215 dollar.
  7. Tojikiston 159 dollar (1500 somoni).
  8. Rossiya 153 dollar dollar (10.000 rubl).
  9. Ukraina 20 dollar.
  10. Turkmaniston 11 dollar.

Armaniston haqida ma’lumotlar topilmadi, deb yozmoqda Zarnews.uz muxbiri.