Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

UzAuto Motors jismoniy shaxslarga avtomobilni kreditga xarid qilish bo‘yicha bayramona aksiya e’lon qildi

UzAuto Motors kompaniyasi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan Mustaqillik hamda Qurbon Hayiti ayyomlari bilan qutlab, maxsus aksiyalar haqida e’lon qildi.

“2019 yilning 9 avgustidan e’tiboran siz o‘zingiz uchun 2 yilgacha bo‘lgan muddatga eng maqbul kredit shartlarda avtomobil xarid qilishingiz mumkin”, - deyilgan kompaniya xabarnomasida.

Aksiya shartlariga ko‘ra, UzAuto Motors kompaniyasi “Asaka bank” bilan birgalikda “Lacetti-1” hamda “GBO”, “Malibu” va “Tracker” avtomobillarini dastlabki 50 foiz to‘lov evaziga yillik 5 foiz ustama bilan xarid qilishni taklif qilmoqda.