Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

UzAuto yangi to‘rtta modelni taqdim qiladi

“O‘zavtosanoat” 25 dekabr kuni Toshkentda Chevrolet’ning 4 ta yangi modelini taqdim etishini e’lon qildi. Bu haqda “Spot” nashri xabar bermoqda.

"Ilg‘or texnologiyalardan foydalanilgani va jozibali dizayni tufayli ushbu modellar barcha kutganidan ham ajoyib va hatto eng zamonaviylarini ajablantiradi", deyiladi kompaniya taklifida.

“Spot” manbasining aytishicha, gap Chevrolet’ning yangi modellari: Equinox, Traverse, Trailblazer va Onix haqida ketmoqda.

Instagramdagi uzauto_official sahifasida Chevrolet Trailblazer avtomobili rasmi chop etilgan va unga "Tez kunda...", deya izoh qoldirilgan.