Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

V2 darajasini olish uchun nechta so‘z bilish kerak?

Odatda, qaysi til bo‘lishidan qat’iy nazar 400-450 ta so‘z bilgan odam o‘z fikrini boshlang‘ich darajada tushuntira oladi. Lekin bu 450 ta so‘z ta’lim olishda, savdo va biznesda yoki fan va texnikada kamlik qiladi. Shuning uchun ko‘p talabalar yoki o‘quvchilar so‘z boyligini oshirish maqsadida asosiy vaqtini so‘z yodlashga sarflaydi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, til o‘rganuvchilar bir yilda 1200 tadan 1500 tagacha so‘z yodlar ekan. Agar bu so‘zlarni gapda yoki yozuvda qo‘llay olsa, yodlagan lug‘at boyligi faol lug‘at boyligiga aylanadi. Mabodo bu so‘zlarni gapda yoki yozuvda qo‘llay olmasa, passiv, ya’ni faoliyatsiz bo‘lib qoladi va tez orada esidan chiqib ketadi. Yodlagan so‘zlarimizni o‘z xotiramizda qoldirish uchun, shu so‘zlardan foydalanib bir qancha gaplar tuzishimiz kerak va ularni faol lug‘at boyligimizga aylantirishimiz shart.

Maktab dasturiga nazar soladigan bo‘lsak, har bir sinf darajasida farzandlarimiz ingliz tilidan o‘quv yili davomida ma’lum miqdorda so‘z yodlashi kerak. Agar o‘quvchi shu so‘zlarni har bir o‘quv yilida o‘zlashtira olsa, farzandlarimiz maktabni tamomlagandan so‘ng qiynalmasdan oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirsa bo‘ladi. Buning uchun CEFR imtihonidan V2 darajasini olish kerak. V2 darajasi uchun ingliz tilida 2500 ta faol va 5000 ta passiv so‘zlarni yoddan bilishlari shart.

Doniyor AZIZQULOV,

Jomboy tumanidagi 55-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi.