Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Vatanga muhabbat tuyg‘usini bog‘chadan shakllantirish kerak

Mutaxassislar fikricha, bolalar jamiyat, tevarak–atrof, borliq haqidagi ilk tasavvurlarni 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrda qabul qilar ekan. Asosiysi, aynan shu axborotlar butun umr xotirasida saqlanib qoladi.

Shu bois, yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun ta’lim va tarbiyani maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlash o‘z samarasini beradi. Ayni shu maqsadda ta’lim muassasamizda ona Vatanga muhabbat, yurtni sevish, uning bir siqim tuprog‘ini-da qadriga yetish mavzularida ochiq mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ayniqsa, harbiy qismlarda xizmat qilayotgan askarlarning ishtirok etgani bolajonlar qalbiga Vatanga sadoqat urug‘ini qadadi.

Gulmira SAYDALIYEVA,

Samarqand shahridagi 33-MTM psixologi.