Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand shahrida sayyor qabul o‘tkazadi

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov 2019 yil 26 aprel kuni soat 09.00 dan boshlab Samarqand shahri Amir Shoxmurod ko‘chasi 73-uyda joylashgan Samarqand viloyat o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabiga qarashli Chim ustida xokkey sport kompleksida (mo‘ljal: Samarqand viloyati onkologiya shifoxonasi) Samarqand shahar aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazadi.

Fikr, mulohaza yoki takliflaringiz bo‘lsa sayyor qabulda ishtirok etib, bildirishingiz mumkin, deb yozadi viloyat hokimligi axborot xizmati.