Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Viloyatda koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga to‘lanmayotgan qo‘shimcha rag‘bat bo‘yicha munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda xususan, “Zarnews” va “Daryo” internet nashrlarida Samarqandda koronavirusga qarshi kurashgan tibbiyot xodimlarining oylik ish haqiga qo‘shimcha rag‘bat to‘lanmagan hududlar haqidagi xabar tarqaldi.

Mazkur xabarda keltirilgan ma’lumotlar joriy yilning may oyida Samarqand viloyati adliya boshqarmasi hamda tuman, shahar adliya bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni talablariga rioya etilishi yuzasidan olib borilgan monitoring natijasida aniqlangan holatlar asosida chiqarilgan.

Bu borada Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga kiritilgan taqdimnomaga ko‘ra koronavirusga qarshi kurash tadbirlari uchun jalb qilingan xodimlarga 5 million so‘mdan 25 million so‘mgacha rag‘batlantirish hamda oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorda qo‘shimcha maxsus to‘lovlar to‘liq amalga oshirilib, bugungi kun holatiga qarzdorlik qolmagan.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi

axborot xizmati.