Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Viloyatda tashqi reklama ob’yektlariga tashqi reklamani joylashtirish uchun yig‘imlar miqdorini belgilash to‘g‘risida

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi QARORI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli qaroriga asosan xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining VI chaqiriq, 12-sessiyasi QAROR QILADI:

  1. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi, viloyat moliya bosh boshqarmasi, monopoliyaga qarshi kurashish viloyat hududiy boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasining viloyatda tashqi reklama ob’yektlariga tashqi reklamani joylashtirish uchun yig‘imlar miqdorini belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
  2. Viloyatda tashqi reklama ob’yektlariga tashqi reklamani joylashtirish uchun yig‘imlar miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Tuman va shahar hokimlari 2020 yil uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha mazkur qaror ilovasiga asosan tasdiqlangan yig‘imlar miqdoriga muvofiq qo‘shimcha kelishuvlar tuzilishini ta’minlasin.

Bunda, yig‘im to‘lovchining joylashgan joyidan qat’iy nazar, tashqi reklama ob’yekti joylashgan hudud bo‘yicha quyidagicha taqsimlansin:

45 foiz - tashqi reklama ob’yekti (konstruksiyasi) joylashgan (o‘rnatilgan) tuman (shahar) byudjetiga;

45 foiz - O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining byudjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘mak­lashish jamg‘armasiga;

10 foiz - “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining viloyat bo‘limiga.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida tashqi reklama ob’yektlariga tashqi reklama vositalari (konstruksiyalari) uchun oylik to‘lovlarning (yig‘imlarning) 60 foizi miqdorida viloyat moliya bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy maqsadli jamg‘armaga, 40 foizi miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasini rivojlantirish va faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltirilishi inobatga olinsin.

  1. Viloyat hokimligi axborot xizmati (M.Mirzayev) mazkur qarorni “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalarida e’lon qilinishi hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
  2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
  3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi (F.Nasrullayev) va viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (J.O‘roqov) zimmasiga yuklatilsin.

 

Kengash raisi             E.TURDIMOV

 

2020 yil 21 avgust

№79/12

 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2020 yil 21 avgustdagi 79/12-sonli qaroriga ilova

Viloyatda tashqi reklama ob’yektlari (konstruksiyalari ) ni joylashtirish bo‘yicha oylik yig‘im

MIQDORLARI

Izoh: Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha tadbirkorlik sub’yektlari mulk shaklidan qat’iy nazar 2,5 kv/m. dan ortiq reklama vositalarining har bir kv/m. uchun 5000 so‘m to‘lov belgilangan.