Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Volga”dagi marixuana fosh bo‘ldi

Bojxona organlari tomonidan giyohvand moddalarning g‘ayriqonuniy aylanmasiga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda shu kabi qonunbuzarlik holati aniqlandi.

Tadbir davomida fuqaro K.I. boshqaruvida “Oqtosh-Xatirchi” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Volga” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida avtomashina salonida 12 dona qog‘oz bo‘laklariga o‘ralgan, umumiy og‘irligi 20 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.