Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xayrli tong, azizlar!

Keyingi ikki yilda O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalari tobora kengayib bormoqda. Yurtimizdagi investitsion qulayliklar bugun xorijlik tadbirkorlar, dunyo sayyohlari e’tiborini tortmoqda. Bu borada Samarqand shahri oldingi o‘rinlarda turibdi. Shunga ko‘ra, dunyo xalqlari orasida o‘zbek tilini o‘rganishga ehtiyoj va e’tibor ham ortishi tabiiy. Yaponiya, Xitoy, Koreya yoshlarining o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishi kuchli. Ular sof o‘zbek tilida nutq tuzish imkoniyatiga ega.

Garchi AQSh va Yevropa yoshlari, slavyan xalqlari vakillari o‘zbek tiliga xos bo‘lgan spetsifik tovushlarni to‘liq va to‘g‘ri talaffuz qila olmasa-da, ularda ham o‘zbek tilini o‘rganishga ehtiyoj ortmoqda. Ular O‘zbekistonga kelib ta’lim olishlari ham mumkin. Buning uchun Ӯzbekistonda oliy ta’limni rivojlantirish kerak. Shuningdek, 10 dan ortiq – AQSh, Koreya, Xitoy, Yaponiya, Turkiya, Ukraina, Rossiya, Ozarbayjon kabi xorijiy universitetlarda o‘zbek tili fan sifatida Sharq tillari kafedrasidagi fanlar sirasida o‘qitiladi. O‘zbek olimlari bu ta’lim maskanlari bilan hamkorlik qilib, o‘zbek tili bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yozishni boshlashlari kerak.

Azamat AKBAROV,

Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professori, amaliy tilshunoslik fani doktori (Samarqandda tug‘ilgan).