Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoylik talabalar Samarqandda tengdoshlari bilan bahslashdi

Samarqand shahriga Xitoy Xalq Respublikasidan 50 nafar talaba tashrif buyurdi.

Ular dastlab shaharning turizm salohiyati, imkoniyatlari, shuningdek, ta’lim sohasidagi yangiliklar va  erishilgan yutuqlarga qiziqish bildirdi. Samarqandlik tengdoshlari bilan o‘zaro fikr almashdi, ilm olish borasida bahslashdi.

– Bu yerga kelishimizdan oldin yurtingizning ta’lim tizimini o‘rganib chiqdik, – deydi “Prezident X” loyihasi tashkilotchisi Xi Lin. – Masalan, oliy ta’lim muassasalarida til o‘rgatish metodikasi. Fikrimizcha, yurtingizda o‘qituvchilar tomonidan talabalarga ma’lumot yetkazish usuli biroz eskirgan. Informatsion texnologiyalarni ta’lim jarayonida kengroq targ‘ib qilish zarur. Bizning loyiha professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va Xitoy metodikasini targ‘ib etishga qaratilgan. Buning uchun bizda barcha imkoniyatlar mavjud. Qolaversa, loyiha qisqa tadqiqot amaliyotini qo‘llab-quvvatlab, tajriba almashish orqali xitoylik hamkasblar bilan aloqalarni kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan.

Xitoylik yoshlar Samarqand shahridagi tarixiy obidalar, “JV MAN AUTO-UZBEKISTAN”, “Sam Anter Gilam” qo‘shma korxonalarining faoliyati bilan ham tanishishdi. Ularga qo‘shma korxonalarda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar, Samarqand gilamining sifati, jahon bozoridagi o‘rni xususida keng ma’lumotlar berildi.

Bahriddin Xonkeldiyev.