Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

​Xodimlarni haqorat qilgan bosh vrach o‘z vazifasidan ozod etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda xodimlarini o‘z kabinetida so‘kayotgan rahbarning videosi tarqaldi. 

Tez orada video “qahramoni” Toshkent viloyati sanitariya -epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi Baxtiyor Boltaboyev ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Bugun Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan o‘rganildi. Viloyat sanitariya -epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi Baxtiyor Boltaboyevning qo‘l ostidagi xodimlari bilan o‘ta qo‘pol va axloqiy me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydigan tarzdagi suhbati muhokama qilinib, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rildi.

Bosh vrach Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, mazkur agentlik direktori Bahodir Yusupaliyevning tegishli bo‘yrug‘i bilan o‘z vazifasidan ozod etildi.