Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xonanda Jasur Umirovga sud hukmi o‘qildi

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudida sudlanuvchilar Jasur Umirov va boshqalarga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda ko‘rib chiqildi.

Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudining 2021 yil 2 fevraldagi hukmiga ko‘ra J.Umirov Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan tomonlarga, shu jumladan sudlanuvchilar, jabrlanuvchi va uning qonuniy vakiliga, hukm nusxasini olgan vaqtdan boshlab yigirma sutka muddat ichida shu sud orqali Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha apellyasiya instansiyasi sudlov hay’atiga apellyasiya tartibida shikoyat qilishga va protest keltirishga haqli ekanligi tushuntirildi.