Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xorazmda kuchli shamol tomlarni uchirib yubordi

Kecha, 4 iyun kuni tushdan keyin Xorazm viloyatining bir qancha tumanlarida kuchli shamol yuz berdi.
Shamol oqibatida yengil konstruksiyali tomlar uchib ketdi. Eski simyog‘ochlar qo‘porildi, daraxt shoxlari sindi.

Bugun, 5 iyun kuni 10:00 dan 18:00 gacha profilaktika ishlari o‘tkazilishi sababli elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin, deya ogohlantirdi viloyat "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ matbuot xizmati.