Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xorijdan keluvchilar koronavirus infeksiyasiga ekspress test topshiradi

Respublika maxsus komissiyasi 2020 yil 25 dekabrdan boshlab O‘zbekistonga kirib kelayotgan shaxslardan koronavirus infeksiyasi antigenini aniqlash ekspress testini olish tartibini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Ekspress test aeroportlarda, temir yo‘l vokzallarida va chegara punktlarida O‘zbekistonga keluvchilarning o‘z hisobidan amalga oshiriladi.

Mazkur tartibga ko‘ra, COVID-19'ga topshirilgan PZR testining manfiy natijasi to‘g‘risida ma’lumotnomaga ega shaxslardan ham eksrpess test olinadi.

Ekspress test natijalari musbat chiqqanda, bemorlar koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi yoki uy sharoitida davolanishga yo‘naltiriladi.

Shu munosabat bilan Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonga kelishni rejalashtirgan vatandoshlarimiz va xorijiy davlatlar fuqarolaridan mazkur yangi tartibni hisobga olishlarini so‘rab murojaat qildi.