Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

XTV chet elda o‘qigan mutaxassislarni rahbarlik lavozimlariga taklif qilyapti

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 2030 yilgacha xalq ta’limi tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi asosida mamlakatimizdagi barcha maktablarda sifatli ta’limni ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar boshlaganini ma’lum qildi.

Shu maqsadda Xalq ta’limi vazirligi chet elda o‘qigan yuqori malakali va tashabbuskor kadrlarni jalb qilish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Xabarda aytilishicha, vazirlik tizimini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarga har tomonlama qulay ish sharoitlarini taklif etadi. Lekin aynan qaysi lavozimlarga takliflar borligi haqida ma’lumot berilmagan.

Mazkur takliflarga qiziqqan shaxslar o‘z rezyumelarini quyidagi elektron pochta orqali yuborishlari mumkin:

hr.uzedu@gmail.com