Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yangi Kaledoniya yaqinida kuchli zilzilalar davom etmoqda

Fransiya hududidagi Yangi Kaledoniya orolining Numea shahridan 520 kilometr sharqda 6,4 balli zilzila qayd etildi.

Bugun tongda, Toshkent vaqti bilan esa 02:00 da qayd etilgan zilzila epitsentri koordinatalari -23,34 daraja janubiy kenglik va 171,39 daraja sharqiy uzunlikda bo‘lgan. Oradan 2 soatu 45 daqiqa o‘tib, bu yerda 6,2 balli, yana ko‘p o‘tmay (Toshkent vaqti bilan 06:02) da 5,7 balli zilzila qayd etildi.

Ushbu hududda bir kun oldin ham bir qator zilzilalar ham qayd etilgan bo‘lib, ularning eng kuchlisi 7 balldan yuqori bo‘lgan.

Zilzila epitsentridagi silkinish intensivligiga ko‘ra, "halokatli" deb baholanmoqda. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot uchun: Yangi Kaledoniya orolining umumiy maydoni 18580 kvadrat kilometrni, aholisi 287,8 ming kishini tashkil etadi.