Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yangi tayinlangan inspektorlar pilla xom ashyosi talon-toroj qilinishining oldini oldi

Joriy yilning 25 may kuni soat 20:00 larda Past Darg‘om tumani Bog‘ishamol MFYning kirish joyida o‘rnatilgan 5-to‘siq postida profilaktika inspektori, katta serjant A.Nuriddinov tomonidan Ishtixon tumani Minglar MFYda yashovchi, 1961 yilda tug‘ilgan U.X. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda, ushbu avtotransport vositasining orqa o‘rindig‘idan jami og‘irligi 81 kilogramm pilla xom ashyosi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Shuningdek, shu kuni soat taxminan 20:30 larda Ishtixon tumani G‘afur G‘ulom MFYda yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan D.Yu. boshqaruvidagi “Epika” rusumli avtomashina shubhali ko‘ringanligi sababli profilaktika inspektori, safdor U.Muhammadiyev tomonidan tekshirilganda, ushbu avtotransport vositasining orqa o‘rindig‘idan jami og‘irligi 67 kilogramm pilla xom ashyosi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Pilla xom ashyosining talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish borasida o‘zining munosib hissasini qo‘shgan profilaktika inspektorlari, katta serjant A.Nuriddinov va safdor U.Muhammadiyevlar tuman hokimligi tomonidan pul va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.