Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yangicha yondashuv kerak

Yaqingacha an’anaviy ta’lim tizimida qo‘llanilib kelinayotgan  bu yo‘nalish bugun ma’nan eskirdi.
Yangi – zamonaviy ta’lim texnologiyasi atamasi paydo bo‘ldi. Bunda kafolatlangan o‘quv maqsadlariga erishish jarayoni oldindan loyihalashtiriladi va mashg‘ulotlar shu asosida amalga oshiriladi. Bu esa yuzakilik emas, balki rejalashtirilgan natijani amalga oshirish imkonini beruvchi faol, ko‘rsatmali tizimlarda o‘z ifodasini topadi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida ham ana shunday texnologik yondashuv, avvalo, fanlararo bir-biriga bog‘liqlikni ta’minlash, tinglovchilarni ortiqcha qiyinchiliklardan ozod etish, vaqtdan unumli foydalanish, ular orasida tashabbuskorlik muhitini yuzaga keltirish, erkin fikrlash, ijodiy izlanish tizimini yaratish kabi ko‘nikmalarni shakllantirish zarur.
Bu borada, albatta, markazga malaka oshirishga kelgan tinglovchilarning mahorati, faol yondashuvi muhim ahamiyatga ega. Bunga muntazam izlanish, o‘z faoliyatini tahlil qilish, qiyoslash va uni tanqidiy baholash, xorijiy pedagogik tajribalarni o‘rganish, olingan bilim va malakani amaliyotga keng tatbiq etish bilan erishish mumkin.
Bugun internet tarmoqlaridan har qanday soha bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni topish mumkin. Buning ustiga elektron gazetalar tarmog‘i kuchaydi. Elektron pochta, turli xil ijtimoiy tarmoqlar xat, telegramma yoki maktub yozish o‘rnini egallamoqda. Bunday holat professor-o‘qituvchilar uchun o‘z kasbiy malakalarini mustaqil ravishda, tinmay oshirishga keng imkoniyat yaratmoqda.
Albatta, mavjud malaka oshirish sohasini ham yaqin kelajakda masofaviy o‘qitish yoki qisqa malaka oshirish kurslarida, yashash joylariga yaqin bo‘lgan oliy ta’lim maskanlarida, ishdan ajralmagan holda yangicha mezonlar asosida rivojlantirishning yangi bosqichlari joriy etilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Rahimjon  YuSUPOV, 
Ma’ruf ShEROV,
O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash

va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi tinglovchilari.