Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yaponiya yangi imperatorining birinchi xorijlik mehmoni AQSh prezidenti bo‘ldi

AQSh prezidenti Donald Tramp Yaponiyaning yangi imperatori Naruxito o‘z saroyida qabul qilgan ilk xorijlik davlat boshlig‘i bo‘ldi.

Uchrashuv bugun 27 may, dushanba kuni Tokiodagi imperator saroyida bo‘lib o‘tdi.

Donald Tramp va uning rafiqasi Melanyani saroy oldida Yaponiya Mudofaa vazirligining faxriy qorovul bo‘linmasi saf tortib kutib oldi.

Shundan so‘ng AQSh prezidenti va uning rafiqasi saroydagi imperator mehmonlarni kutib oladigan "Bambuk zali"ga tashrif buyurdilar.

Eslatib o‘tamiz, 59 yoshli imperator Naruxito taxtga joriy yilning 1 may sanasida, Akixito taxtdan voz kechganidan so‘ng o‘tirdi. U Yaponiyaning 126-imperatori hisoblanadi.