Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yaponiyada Sindzo Abening o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi

Yaponiyada hukmron Liberal demokratik partiyasi rahbari etib, hukumat bosh kotibi Yosixide Suga saylandi. Bu haqda 14 sentyabr kuni RIA Novosti nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 14 sentyabr kuni o‘tkazilgan saylovda Suga 377 ta ovoz olgan. Uning raqiblari – sobiq Mudofaa vaziri Sigeru Isiba 68 ta va sobiq Tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida 89 nafar ovoz yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.

Hukmron Liberal demokratik partiyasining yangi rahbari Yosixide Suga yaqin kunlarda Yaponiya Bosh vaziri lavozimini egallaydi. 17 sentyabr kuni u mamlakat Bosh vaziri lavozimidan iste’foga chiqayotgan Sindzo Abe o‘rniga kelishi kutilmoqda.

Suga Yaponiya Bosh vaziri lavozimida Abe tanlagan yo‘nalishni davom ettirishini ma’lum qildi.