Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yaqin qarindoshlarga transport vositalariga ishonchnoma berishda qancha davlat boji undiriladi?

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi 123-son qarori bilan notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat boji miqdorlari qayta ko‘rib chiqildi.

Qaror bilan davlat boji miqdorlarini hisoblash tizimi yanada soddalashtirilib, aholi uchun bir qancha yengilliklar yaratildi.

Jumladan:

avtomashinani boshqarish yoki sotish huquqi bilan ishonchnomalarni yaqin qarindoshlarga (xotiniga (eriga), xotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-xotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga, jiyanlariga)  berganlik uchun eng kam ish haqining 50% miqdorida davlat boji undirilishi belgilangan.

Eslatma: Avtomashinani boshqarish yoki sotish huquqi bilan ishonchnomalarni begona shaxslarga berganlik uchun esa eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida davlat boji undirilishi belgilangan.