Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yaxshini yomondan qanday farqlash mumkin?

«Odam olasi ichida», degan maqol bor. Darhaqiqat, kishining ko‘rinishiga qarab yaxshi yoki yomonligiga baho berib bo‘lmaydi.

Olimlar esa allaqachon buning fotorobotini yaratishgan. Ruhshunoslar siz qanaqa odamga duch kelganingizni xatosiz anglash usulini o‘ylab topishgan. Buning uchun suhbatdoshingiz bilan boshqa biror kishi haqida gaplashsangiz kifoya. Yaxshi odam gap borayotgan shaxs haqida faqat yaxshi gaplarni gapiradi. Ichi qora odam esa tilga olingan kishi haqida o‘ta yomon gaplarni so‘zlaydi.

Yana yaxshi odamning ko‘zlari samimiy chaqnab, chehrasi kulib turadi, hazil-mutoyiba bilan gapiradi. Yovuz odam esa o‘qrayib, gaplaridan nafrat, piching hidi kelib turadi. Kim haqida so‘z bormasin, uning sha’niga faqat yomon gaplarni aytadi, deb hikoya qiladi «Mir novostey» haftanomasi.

Tayyorlovchi T.MUROD.