Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yo‘l jamg‘aramasi uchun 3 foiz miqdoridagi yig‘im avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadi

UzAuto Motors O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan 2019 yilning 1 oktyabridan e’tiboran yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘aramasiga amalga oshiriladigan 3 foiz miqdoridagi yig‘im avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanishi belgilangani haqida ma’lum qildi.

Mazkur o‘zgarish o‘z navbatida xaridorlar uchun qo‘shimcha qulaylik sifatida xizmat qiladi. Endilikda xaridorlar avval Respublika yo‘l jamg‘armasiga amalga oshiriladigan 3 foiz to‘lovni avtomobil xarid qilayotgan chog‘ida avtomobil narxi bilan birga amalga oshirishi lozim bo‘ladi.

Joriy yilning 1 oktyabriga qadar dilerlik korxonasi bilan oldi-sotdi shartnomasini imzolagan, ammo hali avtomobilini olmagan xaridorlar bilan qo‘shimcha kelishuv imzolanadi hamda xaridor tomonidan 3 foiz to‘lov avtomobilni qabul qilib olish chog‘ida dilerlik korxonasiga to‘lanishi kerak bo‘ladi. Shu bilan xaridorlardan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida to‘lanadigan Respublika yo‘l jamg‘armasiga amalga oshiriladigan 3 foiz majburiy yig‘im olinmasligini ma’lum qilamiz.

Aytish joizki, UzAuto Motors AJ 1 oktyabrdan e’tiboran QQS to‘lovchisiga aylanadi va kompaniya tomonidan mazkur holat xaridorlarga ortiqcha sarf-xarajat va noqulaylik keltirib chiqarmasligi uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshirildi hamda avtomobil narxlari Respublika yo‘l jamg‘armasiga amalga oshiriladigan mazkur to‘lovni inobatga olmaganda o‘zgarishsiz qoldirildi.

Kompaniya shuningdek, avtomobil xaridorlaridan dilerlik korxonalari xodimlari tomonidan narxlar oshishi borasida berilayotgan boshqa ma’lumotlarga ishonmaslikni, barcha rasmiy ma’lumotlar faqat kompaniyaning rasmiy saytida e’lon qilinishi hamda avtomobillaringiz shartnomada belgilangan muddatlarda taqdim etilishini ma’lum qilgan.