Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yo‘l qurmoq – savob, yo‘l yurmoq - rohat

Toyloq tumanida ta’mirtalab, yoki umuman asfalt yotqizilmagan ichki yo‘llar talaygina. Ularni ta’mirlash esa vaqt va mablag‘ talab etadi. Mana shunday yo‘llar har yili tuman hokimligi tomonidan davlat va mahalliy dasturlarga kiritilib, ijrosi ta’minlanmoqda.

- O‘zbekiston mahallasining 1,6 kilometrlik ichki yo‘lini ta’mirlash joriy yilgi dasturga kirilgan edi, - deydi tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining bosh mutaxassisi Xurshid To‘xtayev. –Mazkur yo‘lga asfalt yotqizish ishlari tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan bajarilmoqda.

Ayni paytga qadar belgilangan 1,6 kilometr yo‘lning 1,2 kilometri ta’mirlandi. Shuningdek, tumandagi xalqaro ahamiyatdagi A-377 “Samarqand-Ayniy” avtomobil yo‘lining 18-27 kilometr qismida joriy ta’mirlash ishlari va 4r-50 “Toyloq-Urgut” avtomobil yo‘lida piyodalar o‘tish yo‘laklarida chiziq chizish ishlari davom ettirilmoqda.

Toyloq tumani hokimligi axborot xizmati.