Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi, jabrlanganlar yo‘q

Bugun, 24 noyabr kuni soat 06:13 da Toshkent kichik halqa yo‘lida 116- yo‘nalishdagi avtobus avtoturargohdan terminal stansiyasiga qarab chiqib ketayotgan vaqtda yonib ketgan.

Voqea joyiga 4 daqiqadan so‘ng Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelgan.

Soat 06:26 da yong‘in qurshab olingan va soat 06:39 da to‘liq bartaraf etilgan. Avtobus yonib ketishiga dvigatel bo‘linmasidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.

FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu voqeada jabrlanganlar yo‘q.
Yong‘in boshlanishidan oldin avtobus haydovchisi o‘z vaqtida yo‘lovchilar bo‘linmasidan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.