Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yo‘lovchi tashuvchi haydovchilar imtiyozga ega bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunida nazarda tutilgan bir qator soliq stavkalari qo‘llanilishi bilan bog‘liq alohida normalar Soliq kodeksiga o‘tkazildi.

Masalan, 2021 yil 1 yanvardan boshlab shahar transportida va yo‘lovchi tashish avtomobil transportida yo‘lovchilarni yagona tariflar bo‘yicha tashish xizmatlarini ko‘rsatishda imtiyozlarni qo‘llash tartibiga o‘zgartishlar kiritildi (bundan taksi, shu jumladan yo‘nalishli taksilar mustasno). Ya’ni, imtiyoz mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan tariflar bo‘yicha shahar transportida va yo‘lovchi tashish avtomobil transportida ko‘rsatiladigan xizmatlariga nisbatan ham qo‘llanilishi belgilandi.

Shu paytgacha soliq imtiyozlari faqatgina yagona tariflar bo‘yicha ko‘rsatiladigan yo‘lovchi tashish xizmatlariga nisbatan qo‘llanilar, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan belgilangan tariflar yagona tarif sifatida qaralmas edi.

Bekmirza Ahmedov,

Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimi.