Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yong‘inda 111 nafar o‘quvchi va o‘qituvchining hayoti saqlab qolindi

Bugun, 25 iyun kuni soat 14:07 da Sirdaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Guliston shahar Namuna mahallasi Sayxun ko‘chasi 17-uyda joylashgan  "Ideal Study" nodavlat ta’lim muassasasida yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Mazkur vaziyat yuzasidan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

Olib borilgan tezkor choralar natijasida binoda qolib ketgan 111 nafar o‘quvchi hamda o‘qituvchilar xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi, deb xabar berdi FVV matbuot xizmati.

Shuningdek, qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari tufayli binoning 1600 metr kvadrat maydoni yong‘indan asrab qolindi.