Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yong‘inda 41 bosh qoramol nobud bo‘ldi

23 iyul kuni Buxoro viloyati Kogon tumani Yangihayot MFY Amirobod qo‘rg‘oni hududida joylashgan molxonada sodir bo‘lgan yong‘in mudhish asoratlar bilan tugadi. Yong‘in natijasida molxonada bo‘lgan 41 bosh qoramol yonib ketdi.

Yong‘in bo‘layotgani haqida soat 05:39 da yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Alanga maydoni kengayib ketgandan so‘ng yong‘in xavfsizligi xizmatiga xabar berilgan. 3 ta yong‘in o‘chirish avtoekipajlari voqea joyiga soat 05:45 da yetib borgan vaqtda asosiy qoramol saqlanayotgan molxona va hovlisidagi somon presslari to‘liq yonayotganligi ma’lum bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 06.00 da o‘rab olinib, soat 07.30 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida yakka tartibdagi tadbirkor S.O.ga tegishli molxonaning 120 kv metr maydonda tom qismi, hovlisida saqlanib kelingan somon presslari va 41 bosh qoramollari nobud bo‘lgan.

Yong‘indan molxonaning 700 kv metr maydoni saqlab qolingan va 44 ta qoramollari qutqarib qolingan.

Baxtsiz hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.