Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yosh tadbirkor mehmonxona ochdi

Kattaqo‘rg‘on shahrida  “Central hotel” mehmonxonasi foydalanishga topshirildi.

Shaharning Amir Temur mahallasida yosh tadbirkor Jaloliddin Ortiqov tomonidan tashkil etilgan mazkur mehmonxona uchun 2 milliard 200 million so‘m mablag‘ sarflandi. Bu mablag‘ning 1 milliard 380 million so‘mi “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi asosida ajratilgan imtiyozli kredit hisoblanadi.

– “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi qabul qilinib, yosh tadbirkorlarga keng imtiyoz va imkoniyatlar yaratilgach, imtiyozli kredit olib, shu paytgacha savdo markazi sifatida foydalanib kelayotgan binomizni mehmonxonaga moslashtirib, qurilish-ta’mirlash ishlarini olib bordik, – deydi J.Ortiqov. – 18 ta standart va lyuks xonalardan iborat 60 o‘rinli binoda mijozlar uchun zamon talablariga mos shart-sharoit yaratildi. Shuningdek, restoran, go‘zallik saloni va boshqa xizmat ko‘rsatish ob’yektlari tashkil etdik.

Mehmonxonaning ishga tushishi bilan 15 nafar yoshlar doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.