Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yosh  yigit katta yoshli shifokorni kaltaklab jarohat yetkazdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida yosh yigit katta yoshli shifokorni kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Mazkur hodisa bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 6 fevral kuni soat 10:30 larda 22 yoshli A.K. Chust tumanida joylashgan 46-oilaviy poliklinkasida bo‘la turib, jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, poliklinikada bo‘lim mudiri lavozimida ishlovchi 59 yoshli X.L. bilan o‘zaro tortishib, uning yuz qismiga qo‘li bilan urgan, yuz va burun qismiga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan A.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘g‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov xarakatlari olib borilmoqda.