Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Yoshlik raqsi”da “Bahor” jamoasi g‘olib bo‘ldi

Viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida “5 tashabbus Navro‘zda” festivali doirasidagi “Yoshlik raqsi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlovda tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bittadan jamoalar o‘z iqtidolarini namoyish etishdi.

Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra, Toyloq  tumanidagi  8-umumta’lim maktabining “Bahor” jamoasi g‘olib bo‘lib, final bosqichga yo‘l oldi. Shuningdek, ikkinchi o‘rin Kattaqo‘rg‘on shahridagi 2-umumta’lim maktabining “Umid g‘unchalari” jamoasiga, uchinchi o‘rin Samarqand tumanidagi 24-umumta’lim maktabining “Binafsha” jamoasiga nasib etdi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.